
“Roma” hujumchisi o‘ziga yangi jamoa tanladi!
“Roma” yulduzlaridan Nikolo Dzanolo kelasi mavsumni boshqa klub safida boshlashga qaror qildi. Ma’lumotlarga qaraganda, 22 yoshli futbolchi “Yuventus” taklifiga ijobiy javob qaytargan va shaxsiy shartnoma bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan.
“Yuventus” ham Dzanoloni asosiy nishon sifatida belgilagan. Transferga to‘sqinlik qilayotgan yagona masala “Roma” talab qilayotgan badal pulining kattaligidir.
Rim klubi turinliklardan o‘z o‘yinchisi uchun 50 million evro so‘rayapti va bu summani pasaytirmasligini bildirgan.
“Yuventus” tez orada markaziy himoyachisi Matteys de Ligtni sotib yubormoqchi. Uning transferidan keladigan pul Dzanoloni olishga yo‘nalirilishi kutilyapti.
Fikrlar