"Roma" hujumchisi "Yuventus"ga o‘tadi

  • 22 mart, 2022, 13:55
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" vingeri Nikolo Zanolo faoliyatini kuchliroq jamoada davom ettirishi mumkin.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, uning agenti "Yuventus" bilan muzokara olib bormoqda. Shu paytgacha o‘tkazilgan ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra, tomonlar Nikoloning Turinga ko‘chib o‘tishiga kelishib oldi.

Faqatgina buning uchun italiyalik futbolchi "bo‘rilar" bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmasligi talab etiladi. Uning "Roma" bilan 2024 yilgacha mo‘ljallangan kelishuvi bor.

22 yoshli Zanolo joriy mavsum A Seriyada 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 tadan gol va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!