“Roma” hujumchisidan voz kechishdi

  • 18 dekabr, 2022, 17:01
  • 0
  • Futbol

“Roma” universal futbolchisi Nikolo Dzanolo chempionat peshqadami “Napoli” e’tiboriga tushgan edi.

Calciomercato.it saytining xabar berishicha, neapolliklar bu transferni amalga oshirmaydigan bo‘ldi. Bu klub vakillari yaqin o‘rtada Dzanoloni so‘rab, “Roma”ga murojaat qilmaydi.

Ta’kidlash lozimki, Rim klubi rahbariyati ham Dzanolo bilan yangi shartnoma tuzishga shoshilmayapti. Sport direktori Tyagu Pinto sentyabr oyida yangi bitim bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib qo‘ygan.

23 yoshli hujumkor futbolchining amaldagi kelishuvi 2024 yilning yozida tugaydi. Nikolo joriy mavsumda 14 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga ikkita gol va uchta assist yozdirib qo‘ygan.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!