“Roma” hujumchisini eng badavlat klubga bermadi
Saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tganidan keyin eng badavlat klublardan biriga aylangan “Nyukasl” Nikolo Dzanoloni so‘rab, “Roma” rahbariyatiga murojaat qildi.
Angliya klubi universal futbolchini 5 million evro evaziga yarim mavsumga ijaraga berish va keyinchalik transferni 35 million evro bilan yakunlash huquqini so‘ragan. Nyukaslliklar Dzanolo Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tganidan keyin qolgan uchrashuvlarning 75 foizida qatnasha olsa, uni xarid qilish bandini aktivlashtirishni reja qilayotgan edi.
“Nyukasl”ning bu taklifi sport direktori Tyagu Pintoni qoniqtirgani yo‘q va u “qarg‘alar”ga rad javobini berdi.
Dzanolo “Roma”dan yangi shartnoma olmaganidan keyin poytaxtni tark etishga qaror qilgan. Unga Angliya, Germaniya va Italiya klublaridan takliflar bo‘lmoqda.



Fikrlar