
"Roma" Iguain borasida rasmiy taklif bilan chiqdi
Rimning "Roma" klubi "Yuventus" forvardi Gonsalo Iguain borasida "Yuventus" klubiga rasmiy taklif bilan chiqishdi.
"Bo‘rilar" futbolchining transferi uchun 36 mln evro to‘lab berishmoqchi. Argentinalik futbolchiga esa 4 yillik shartnoma taklif qilib, yiliga 5 mln evro maosh taklif qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Iguain intervyularining birida, Italiyaning "Yuventus"dan boshqa klublarda o‘ynamasligini aytib o‘tgan edi.
Manba: Corriere dello Sport
Fikrlar