
“Roma” kutilmaganda etakchi futbolchi bilan muzokarani to‘xtatdi
“Roma” sport direktori Tyagu Pinto oldida turgan asosiy masalalardan biri jamoa etakchisi Nikolo Dzanolo bilan amaldagi shartnomani uzaytirishdir.
23 yoshli universal futbolchiga Evropaning bir necha klublaridan taklif bo‘lmoqda. Rimliklar esa, kutilmaganda yangi bitim bo‘yicha muzokaralarni yana to‘xtatdi.
Manbalarning ta’kidlashicha, klub rahbariyati Dzanolo o‘yinida o‘sish bo‘lishini yana bir muddat kuzatmoqchi.
La Repubblica nashrining yozishicha, agar iste’dodli futbolchi barqaror o‘ynay olishini namoyish qila olsa, 2024 yilning yozigacha amal qiladigan kelishuv yana uch yilga cho‘zdiriladi.
Ungacha klub rahbariyati futbolchining agentlari bilan hech qanday uchrashuv o‘tkazmoqchi emas.
Fikrlar