"Roma" markaziy o‘yinda "Milan"ga imkoniyatni boy berdi. Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi

  • 1 noyabr, 2021, 02:55
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya 11-turida "Roma" o‘z maydonida "Milan"ni qabul qildi. Qiziqarli kechgan bahsda milanliklar 2:1 hisobida zafar quchishdi.

Tecno

Dastlab Zlatan Ibragimovich jarima zarbasidan so‘ng hisobni ochdi. Keyin mehmonlar dan Frank Kesse hisobni yana bittaga oshirdi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada Stefan El-Shaaravi bitta gol urdi. Ammo bu rimliklarga durang uchun kamlik qildi.

Shuni ham qayd etish kerakki, "Milan" vakili Teo Ernandes 66-daqiqada chetlatilgandi.

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 80-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Бахтийор Бобойиб
01/11/2021 01:21
Элдорни тушурмаганни окибати