
“Roma” MYu yulduziga qancha maosh berishi ma’lum bo‘ldi
“Manchester Yunayted” bilan xayrlashgan Nemanya Matich “Roma” bilan kelishuvga erishgani haqida xabar tarqatildi.
Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, serbiyalik futbolchi tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Italiya poytaxtiga etib keladi.
Manba tomonlar bir yillik shartnomaga kelishganini xabar qilmoqda. Unga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi 4,2 million evro miqdorida maosh oladi. Agar tomonlar kelisha olsa, hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish imkoni bor.
2017 yildan beri “Manchester Yunayted”da o‘ynab kelgan Nemanya Matich yakunlangan mavsumda 32 marta maydonga tushib, to‘rtta golli pas uzatdi.
Fikrlar