"Roma" o‘z safiga "Milan" tarbiyalanuvchisini qo‘shib olmoqchi
"Roma" klubi SPAL hujumchisi Andrea Petanening xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “bo‘rilar” 24 yoshli futbolchini joriy qishki transferlar davridayoq sotib olishni ko‘zlashmoqda.
Ma’lumot uchun, Petane “Milan” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum SPAL safida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar