"Roma" o‘z tarkibini "Real" futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi

  • 29 oktabr, 2021, 15:35
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" qishki transfer oynasida o‘z tarkibini kuchaytirmoqchi.

Tecno

"Marca" nashrining xabar berishicha, rimliklar "Real" yarim himoyachisi Daniel Sebalos transferini amalga oshirmoqchi. Ma’lumotlarga qaraganda, ispaniyalik futbolchini sotib olishni shaxsan bosh murabbiy Mourino so‘ragan.

25 yoshli futbolchining narxi 10 million evroga baholanmoqda. U joriy mavsum madridliklar safida hali birorta o‘yinda maydonga tushmadi. Dani Olimpiya o‘yinlarida orttirib olgan jarohatini tiklash bilan band.

Sebalos o‘tgan mavsumni ijara asosida "Arsenal"da o‘tkazdi. "Kanonirlar" safidagi 40 o‘yinda ispaniyalik futbolchi 3 assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!