“Roma” qahramoni bir zumda dushmanga aylandi

  • 28.01.2023 19:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Roma” mutasaddilari 30 million evrodan quruq qolganini hazm qila olmayapti. Angliya premer-ligasi vakili “Bornmut” universal futbolchi Nikolo Dzanolo uchun aynan shuncha va’da qilgandi.

Angliyaliklar 23 yoshli futbolchiga “Rom”dan so‘raganidan ko‘p maosh berilishini aytdi. Biroq, Nikolo kelajagini yozda hal qilish qaroriga kelib, bu jamoa taklifini rasman rad qilganidan keyin “Roma” rahbariyati noqulay vaziyatga tushib qoldi.

Agar Nikolo yozda ketadigan bo‘lsa, uning shartnomasi yakulanishiga bir yil qolgan bo‘ladi va bu o‘z-o‘zidan uning narxini pasayishiga sabab bo‘ladi.

Yozda Dzanolo uchun hozirgi 30 million evroni taklif qiladigan jamoa chiqishi ham muammoga aylanadi.

Endi Rim klubi xo‘jayinlari futbolchiga jazo choralarini qo‘llamoqchi.

Il Tempo nashrining ta’kidlashicha, endi klub futbolchini mavsum oxiriga qadar jamoadan ajratib qo‘yishni o‘ylayapti. Agar shu qaror amalga tadbiq qilinsa, iste’lodli o‘yinchi yozgacha o‘yin amaliyotisiz qolib ketadi.

Qizig‘i, yaqin-yaqingacha “Roma”ning qahramoni sifatida ardoqlagan Nikolo Dzanolo endi dushmanga aylanib qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!