
“Roma” “Real” yulduziga katta shartnoma taklif qildi
“Roma” rahbariyati “Real” bilan xayraoishga qaror qilgan Isko bilan muzokara olib bormoqda. Bu futbolchining manfaatlarini Joze Mourinoning agenti Jorje Mendesh himoya qilayotgani bu transferning amalga oshish ehtimolini oshiradi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Rim klubi bosh murabbiy Joze Mourino kutayotgan pleymeykerni olib kelish uchun 30 yoshli futbolchiga uch yillik shartnom abermoqchi.
Isko 2013 yildan beri “Real” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Lekin keyingi paytda asosiy tarkibga kirishi qiyinlashib qoldi. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti ham Iskoga ishonch bildirmayapti.
Ispan futbolchisi “Real” uchun muvaffaqiyatli yakunlangan mavsumda atigi 17 marta maydonga tushdi va bir juft gol urdi.
Fikrlar