"Roma" sardori faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin
"Roma" sardori Alessandro Florentsi faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli futbolchi uchun shuningdek "Inter", "Kalyari" va "Sampdoriya" klublari ham kurash olib bormoqda. Biroq, bu kurashda “keksa sinora” favorit deya e’tirof etilmoqda.
Ma’lumot uchun, Florentsining “bo‘rilar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. Uning transferi esa 25 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar