"Roma" Shomurodovga jiddiy raqobatchi olib kelmoqda. U o‘tgan mavsum APLda 14 ta gol urgan

  • 08.07.2022 17:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

"Kristal Pelas" klubi hujumchisi Vilfrid Zaa faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga qaraganda,  Kot-d’Ivuar terma jamoasining 29 yoshli a’zosiga "Roma" jiddiy qiziqib qolgan. “Bo‘rilar” hatto Zaaning vakillariga ham bu borada aloqaga chiqishga ulgurgan.

Ma’lumot uchun, Vilfrid Zaa o‘tgan mavsum "Kristal Pelas" safida APLda jami 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 14 ta gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, "Roma"ning hujum chizig‘ida hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Gairat Alimov
08/07/2022 20:08
Короче полюбому Галатасарой еки бошкасига суриш керак