"Roma" Suso evaziga "Milan"ga Pastoreni bermoqchi

  • 15.07.2019 19:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rimning “Roma” klubi hamon “Milan” hujumchisi Susoni sotib olish fikridan qaytmayapti. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Ta’kidlash kerakki, 25 yoshli ispaniyalik futbolchining tovon puli 40 mln evroni tashkil etadi. Biroq, uning “rossonerilar” bilan imzolagan shartnomasiga ko‘ra uni faqat xorij klubi sotib olishi mumkin. Aniqrog‘i, u A Seriya klublariga sotilmaydi. “Roma” esa Suso evaziga “Milan”ga argentinalik yarim himoyachi Xaver Pastoreni taklif qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Suso o‘tgan mavsum A Seriyada 35ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Pastore esa 14ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!