"Roma" transferga tayyorlanmoqda. Bu futbolchini Mourinoning o‘zi jamoasida ko‘rishni istaydi

  • 27 iyun, 2022, 09:39
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
"Yuventus" klubi yarim himoyachisi Artur faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Goal.com nashri xabar berdi.
 
Manbaning ma’lum qilishicha, braziliyalik futbolchiga "Roma" qiziqmoqda. Uning xizmatlariga rimliklar ehtiyoj sezmoqda va Joze Mourinoning shaxsan o‘zi Arturni jamoasida ko‘rishni istaydi.
 
Futbolchining transfer narxi 72 million evroni tashkil etadi. 26 yoshli xavbek o‘tgan mavsum A Seriya doirasida 20 o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!