“Roma” transferni to‘xtatdi!

  • 16 dekabr, 2022, 20:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” rahbariyati iste’dodli yarim himoyachi Edoardo Bovening transferini to‘xtatib qo‘ydi.

Tecno

Joze Mourino kashf qilgan 20 yoshli futbolchini “Lechche” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgandi. Rimda har ikki klub vakillari Bovening ijarasi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi.

Rim klubi mutasaddilari muzokara chog‘ida uni qo‘yib yuborish fikridan qaytdi. “Bo‘rilar” Bovega munosib o‘rinbosar topilganidan keyingina uni ijaraga jo‘natishi yoki sotib yuborish mumkinligini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, futbolchining o‘zi ham Joze Mourino qo‘l ostida to‘p tepishni istayapti.

Bove joriy mavsumda asosiy jamoa safida A Seriya va Evropa ligasi doirasidagi uchrashuvlarda o‘n marotaba maydonga tushib, jami 116 daqiqa o‘ynadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!