"Roma" turkiyalik himoyachini ijaraga olishni so‘radi

  • 9 yanvar, 2024, 11:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" klubi "Atletiko"ning turkiyalik himoyachisi Chag‘lar Suyunjuni ijaraga olishga harakat qilib ko‘radi. Bu haqda insayder Janluka Di Martsio xabar berdi. 

Rimliklardan tashqari "Fulxem" ham Chag‘larni qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘radi. Londonliklar allaqachon u uchun 20 million evro taklif qilgani aytilmoqda. Shunga qaramay, "bo‘rilar" futbolchining ijarasi bo‘yicha "Atletiko" bilan kelishuvga erisha olishi mumkinligiga ishonmoqda. 

Ma’lumot uchun, Suyunju joriy mavsum La Liganing 6 o‘yinida maydonga tushdi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!