
"Roma" ukrainalik hujumchi uchun kurashga qo‘shildi
"Roma" yozgi transferlar oynasida bitta hujumchi sotib olishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan. Klub bu uchun "Atletiko" qiziqish bildirayotgan Artyom Dovbikni xarid qilishga harakat qilmoqda.
Insayder Motteo Moretta xabar berishicha, rimliklarning ilk taklifi 30 million evro bo‘ladi. Ammo "Jirona" bundan ko‘prog‘ini xohlaydi. Shuningdek, "matraschilar" bilan ham muzokaralar davom etyapti.
Dovbikning o‘zi klubini tark etishni o‘ylayapti. U "Roma" taklifini ham qabul qilgan. Kataloniyaliklar bo‘lsa 40 million evrolik tovon pulini to‘lanishini istaydi.
Fikrlar