"Roma" va "Napoli" bir futbolchi uchun da’vogarlik qilmoqda

  • 5 may, 2020, 14:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sassuolo" klubi vingeri Jeremi Boga faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Goal.com xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaning ma’lum qilishicha, rimliklar 23 yoshli ivuarlik futbolchi uchun "Napoli" va "Brayton" klublari bilan bir qatorda kurash olib borishga tayyor.

Ta’kidlash kerakki, Boga asli “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va “aristokratlar”da uni 15 mln evro evaziga sotib olish huquqi mavjud. U joriy mavsum “Sassuolo” safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!