“Roma” yaqin vaqt ichida yangi transferni rasmiylashtiradi

  • 5 avgust, 2022, 14:52
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

PSJ yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum "Roma"ga o‘tishga yaqin turibdi. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, ayni dam yarim himoyachi “bo‘rilar” lagerida tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.

Veynaldum tibbiy ko‘rikdan o‘tib, Joze Mourino jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Hozircha kelishuv bir yillik ijara asosida amalga oshiriladi, biroq mavsum yakunida Rim klubi gollandiyalikni to‘liq sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Transfer yaqin soatlar ichida e’lon qilinadi.

Veynaldum o‘tgan yozda erkin agent maqomida PSJga o‘tgan edi. Ammo uning Liga 1 chempionatidagi debyuti ko‘ngildagi kabi bo‘lmadi. Shuning uchun Jorjino ketishga qaror qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!