“Roma” zo‘r o‘yinchini arzonga olyapti

  • 22 dekabr, 2022, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” qishki transferlar vaqtida tarkibini iste’dodli futbolchi Ussem Auar bilan kuchaytirishi kutilmoqda.

Tecno

Joze Mourino maydon markazini mustahkamlash uchun “Sassuolo” etakchisi Davide Frattezini olib kelmoqchi edi. Biroq, sassuololiklar bu o‘yinchini yozgacha qo‘yib yubormasligini bildirdi.

Endi Rim klubi Auar nomzodiga qaytdi. 24 yoshli futbolchining “Lion” klubi bilan kelishuvi mavsum oxirida tugaydi.

Frantsuz klubi o‘z tarbiyalanuvchisini yangi shartnomaga ko‘ndira olmadi va shu bois, yanvarda uni sotib yubormoqchi.

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto bir necha oydan beri kuzatib kelayotgan futbolchini to‘rt million evroga transfer qilish imkoniyatiga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!