“Roma”da katta yo‘qotish

  • 08.11.2022 09:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Roma” A Seriyaning “Latsio”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvida mag‘lubiyatga uchratishdan tashqari, jamoa etakchisi va sardori Lorentso Pellegrini xizmatidan foydalana olmaydigan ham bo‘ldi.

Rimdagi bahsning 53-daqiqasida jarohat tufayli maydonni tark etgan 26 yoshli pleymeyker tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Calciomercato nashrining xabar berishicha, italiyalik futbolchi kamida 15 kunga safdan chiqqan va bu muddat ichida “Sassuolo” va “Torino” bilan bo‘ladigan o‘yinlarni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Pellegrini maydonga jahon chempionati muenosabati bilan beriladigan tanaffusdan so‘ng qaytadi.

Lorentso joriy mavsumda 18 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga to‘rtta gol va ettita assist rasmiylashtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!