
“Milan” Rim yulduziga xaridor
“Milan” rahbariyatini tarkibini kuchaytirish uchun “Roma”dan ketishga qaror qilgan Nikolo Dzanoloni transfer qilmoqchi, deb xabar tarqatdi Sky Italy.
Manbaning ta’kidlashicha, milanliklar 23 yoshli universal futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi.
“Roma”ga Dzanolo bo‘yicha xuddi shu variantni “Tottenxei” ham taklif qilgan edi. Biroq, rimliklar sport direktori Tyagu Pinto xaridorlardan futbolchin birdaniga 35-40 million evroga sotib olishni talab qilmoqda.
Bu jamoalardan tashqari, italiyalik hujumkor o‘yinchini “Vest Xem”, “Lids”, “Borussiya Dortmund” kabi jamoalar o‘z safida ko‘rmoqchi.
Fikrlar