
"Roma"ning asosiy himoyachisi 3 hafta maydonga tusha olmaydi
Rimning "Roma" klubi himoyachisi Kostas Manolas jarohati sabab 3 hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar bermoqda.
Shu tariqa 27 yoshli gretsiyalik futbolchi A Seriyaning "Empoli" va SPALga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. Biroq, u 31 mart kuni bo‘ladigan "Napoli"ga qarshi muhim bahsga qadar safga qaytishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Manolas joriy mavsum Italiya chempionatida jami 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar