“Roma”sport direktori Shomurodovning transferini yakunlash uchun Milanga bordi

  • 18 avgust, 2022, 11:43
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" bosh direktori Tiago Pinto yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida keraksiz o‘yinchilarning ketishini ta’minlash uchun bir qancha ishlarni amalga oshirmoqda.

Tecno

“Sky Sport” nashri jurnalisti Janluka Di Martsioning xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis Milanga etib borgan va u erda yaqin kunlarda qolishi kutilmoqda.

Pinto Milanda Eldor Shomurodov, Jastin Klyuyvert va Feliks Afena-Gyan transferlarini amalga oshirish maqsadida turli xil agentlar hamda bir qancha klub vakillari bilan uchrashadi.

Bundan tashqari, Pinto Andrea Belottining Italiya poytaxtiga ko‘chib o‘tishi uchun ham harakatni to‘xtatgani yo‘q. Agar Shomurodov, Gyan va Klyuyvert transferlaridan birini amalga oshira olsa, “Roma”da Andreani o‘z safiga qo‘shib olish uchun imkoniyat bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!