Ronald Kuman: Hakam "Real" darvozasiga aniq penalti belgilamadi

  • 11 aprel, 2021, 11:01
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi 30-turi mavsumning so‘nggi "el-klasiko"sini taqdim etdi. Madriddagi kamtargina "Alfredo Di Stefano" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tecno

O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "ko‘k-anorranglilar" ustozi Ronald Kuman bellashuv haqida o‘z fikrini bildirdi: "Agar siz "Barselonaga muxlislik qilsangiz, demak, siz hakamning ikkita qaroridan juda ham norozisiz. U qo‘shilgan to‘rt daqiqadan ikki-uch daqiqani yordamchilari bilan suhbatlashib o‘tkazdi. Shuningdek, "Real" darvozasiga aniq penalti belgilanmadi. Hamma buni ko‘rdi.

O‘n metr narida bo‘lgan laynsmenni tushunmayapman. Martin yiqilganidan keyin penalti belgilanishi kerak edi. Hakam o‘yinni ko‘rmasligi mumkin, ammo bizda bunday vaziyatlar uchun VAR mavjud. Balki kamroq gapirishim kerakdir.

Jamoam psixologik jihatdan yaxshi tayyorlangan edi. Men har doim o‘z klubimni himoya qilaman",-deya hakamlarga jiddiy e’tiroz bildirdi niderlandiyalik mutaxassis.

Avvalroq, "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan hakamlik to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib o‘tgandi.

Zidan "Barsa" bilan o‘yindan keyin: Hamma narsada hakamni ayblash noto‘g‘ri

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Leo 10
11/04/2021 13:03
To'g'rida yaqqol penalti edi