Ronald Kuman O'zbekistonga qarshi bahsdan so'ng nimalar dedi?

  • 09.06.2026 04:19
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Niderlandiya terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Oʻzbekistonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bahsdan soʻng bosh murabbiy Ronald Kuman oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

"Menimcha, hujumchilar doimo gol urishni xohlaydi. Umid qilamizki, imkoniyatlar yaratishda davom etamiz. Bitta imkoniyat yaratish yaxshi, lekin ikkita gol urish, tabiiyki, yanada muhim. Aks holda koʻp oʻyinlarda gʻalaba qozona olmaysiz.

Hozir men unchalik ham hafsalam pir boʻlgan holatda emasman. Men bundan koʻra Jazoirga qarshi oʻyindan keyin koʻproq xafa boʻlgan edim. Chunki oʻsha uchrashuvning birinchi boʻlimida juda koʻp yaxshi vaziyatlar yaratgandik.

Bu safar esa qizil kartochkagacha deyarli hech narsa qoʻldan chiqarganimiz yoʻq edi. Ammo qizil kartochka epizodi mutlaqo tushunarsiz holat boʻldi.

Axir, ayting-chi, atayin qoʻl bilan oʻynash boʻlmagan vaziyatda qanday qilib futbolchiga qizil kartochka berish mumkin? Agar Jahon chempionatida ham hakamlar darajasi shunday boʻlsa, hali koʻp kuladigan voqealarni koʻramiz."


Maʼlumot uchun, nazorat uchrashuvida "uchar gollandlar" 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!