Ronald munjidaldan soʻng "An-Nasr" boʻyicha qaror qabul qildi
Saudiyaning «Al-Nasr» jamoasi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubning transfer siyosatida o‘z ta’sirini kuchaytirishni maqsad qilgani xabar berilmoqda.
365Scores Arabic nashri ma’lumoticha, portugaliyalik yulduz «An-Nasr» rahbariyatidan transfer bozorida mustaqil ravishda ishlashni so‘ragan. Unga ko‘ra, jamoa tarkibini shakllantirishga oid barcha qarorlar bevosita klubning sport departamenti tomonidan qabul qilinishi, tashqi tuzilmalar aralashuvisiz amalga oshirilishi kerak.
Shu yo‘l bilan 41 yoshli forvard «An-Nasr» atrofida ichki chempionat va Osiyo musobaqalarida muntazam ravishda sovrinlar uchun kurasha oladigan uzoq muddatli loyiha barpo etishga hissa qo‘shmoqchi.
Klubning asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida hanuz «Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh tilga olinmoqda. Xabarlarga ko‘ra, «An-Nasr» Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisini olish uchun yana bir, ehtimol oxirgi urinishni amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Rasmiy muzokaralar boshlanishidan oldin saudiyaliklar Fernandeshning moliyaviy talablarini aniqlab olishni rejalashtirgan. Ronaldu esa milliy jamoadagi sherigini Er-Riyadda faoliyatini davom ettirishga shaxsan ko‘ndirishga tayyor ekani aytilmoqda. Ilgari Brunu bir necha bor Saudiya Arabistoni klublari bilan bog‘langan, ammo u shu paytgacha Yevropa futbolida qolishni maqul ko‘rgan edi.
Shu bilan birga, «An-Nasr» yozgi transfer oynasidan oldin yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy samaradorlik sertifikatiga ega bo‘ldi. Qolgan cheklovlar to‘liq bekor qilingach, klub yangi shartnomalar tuzish va amaldagi kelishuvlarni uzaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Al-Riyadiyah nashri yozishicha, «An-Nasr»ning Saudiya Arabistoni Sport vazirligi va mahalliy liga oldida muddati o‘tgan qarz yoki majburiyatlari yo‘q. Klub davlat tomonidan ko‘zda tutilgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni ham olgan, uning bir qismi yulduz futbolchilarni xarid qilishga yo‘naltirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yildgi jahon chempionatida Krishtianu Ronaldu beshta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urdi. 41 yoshli hujumchi tarixda olti mundialda gol urgan ilk futbolchiga aylandi va jahon chempionatlaridagi umumiy gollari sonini 11 taga yetkazdi. Brunu Fernandesh ham Portugaliya terma jamoasining barcha besh uchrashuvida maydonga tushib, bir golli uzatma muallifi bo‘ldi. Portugaliya terma jamoasi musobaqani 1/8 finalda yakunladi, bu bosqichda kelajakdagi chempion — Ispaniya terma jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar