
“Ronaldinoni sindirishim uchun pul va’da qilishgan”
“Selta” jamoasining sobiq futbolchisi Fernando Kaseres “Barselona” etakchisi Ronaldino bilan bog‘liq voqeani aytib berdi.
- Biz Vigo shahrida “Barselona”ni qabul qilardik. Ronaldinoga birinchi marta to‘p tushganida, orqasidan kelib, uni yiqitdim. Keyin turg‘azib qo‘yish jarayonida uni sindirishim uchun pul va’da qilishganini aytdim. U menga qarab “Agar menga etib olsang”, - dedi. Shundan so‘ng, unga yaqinlashmadim, - deydi Kaseres.
Argentinalik Fernando Kaseres o‘z faoliyati davomida “River Pleyt”, “Saragosa”, “Boka Xuniors”, “Valensiya”, “Selta” kabi qator jamoalarda to‘p surgan. U faoliyatini 2007 yili 38 yoshida yakunladi.
Fikrlar