Ronaldinoning o‘g‘li "Barselona"da o‘ynaydi

  • 7 fevral, 2023, 17:16
  • 0
  • Futbol

"Barselona"ning afsonaviy sobiq futbolchisi Ronaldino o‘g‘li Joao Mendesning Kataloniya klubiga o‘tishini ma’lum qildi.

"O‘g‘lim "Barselona"da o‘ynashda davom etadimi? Ha. Uning transferidan keyin klubda ko‘proq vaqt o‘tkazaman", - dedi Ronaldino. 

Yanvar boshidan buyon 17 yoshli Mendes "Barsa" ko‘rigida qatnashmoqda. Bungacha futbolchi "Kruzeyro" safida harakat qilgan.

Ma’lumot uchun, kataloniyaliklar ayni damda 53 ochko bilan La Ligada peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi "Real"dan jamoa 8 ochkoga ilgarilab ketgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!