
Ronaldo: "Krishtianuning gaplariga qo‘shilmayman"
Afsonaviy braziliyalik futbolchi Ronaldo Krishtianu Ronalduning o‘zini tarixdagi eng mukammal futbolchi deb atagan so‘zlariga munosabat bildirdi.
"Men bunday narsalarga chuqur kirishni yoqtirmayman, ba’zi odamlar o‘zlariga juda yuqori baho berishadi. Men esa o‘zim haqimda emas, balki boshqalar baho berganini afzal ko‘rgan bo‘lardim.
Krishtianu Ronaldu — fantastik futbolchi, shunday emasmi? U turli usullarda gol urgan, turli pozitsiyalarda – qanotda ham, hujum markazida ham o‘ynagan. Bunday darajaga chiqish oson emas.
U eng yaxshilaridan biri, lekin men kim eng zo‘r ekanini bilmayman. Yo‘q, men uning gaplariga qo‘shilmayman. Uning fikriga hurmat bilan qarayman, ammo mening nazarimda, u shunchaki eng yaxshilar qatorida. U eng kuchli 10 futbolchining orasida, deb aytgan bo‘lardim", – dedi Ronaldo "Mundo Deportivo" bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu hozirgi kunga qadar 925 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar