Ronaldu, Levandovski va Mbappe bir jamoada!

  • 22 dekabr, 2021, 16:57
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2021 yilning Evropa uchun ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi. Unda faqat UEFAga a’zo bo‘lgan davlatlardan nomzodlar tanlab olindi.

Tecno

Quyida ramziy jamoa bilan tanishing:

Darvozabon: Janluiji Donnarumma ("Milan", PSJ, Italiya MTJ);

Himoyachilar: Jorjo Kellini, Leonardo Bonuchchi (ikkalasi "Yuventus" va Italiya MTJ), Ruben Diash ("Manchester Siti", Portugaliya MTJ), Sesar Aspilikueta ("Chelsi", Ispaniya MTJ);

Yarim himoyachilar: Ngolo Kante ("Chelsi", Frantsiya MTJ), Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti", Belgiya MTJ), Jorjino ("Chelsi", Italiya MTJ);

Hujumchilar: Kilian Mbappe (PSJ, Frantsiya MTJ), Robert Levandovski ("Bavariya", Polsha), Krishtianu Ronaldu ("Yuventus, "Manchester Yunayted", Portugaliya MTJ).

Zaxiradagilar: Manuel Noyer ("Bavariya", Germaniya, Joau Kanselu ("Manchester Siti", Portugaliya, Erling Xoland ("Borussiya Dortmund, Norvegiya), Antonio Ryudiger ("Chelsi", Germaniya), Karim Benzema ("Real", Frantsiya), Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted", Portugaliya), Tomas Myuller ("Bavariya", Germaniya).

Shuningdek, "Chelsi" boshqaruvidagi Tomas Tuxel yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!