Ronaldu 2,56 metr balandlikdan turib gol urdi. Buni albatta tomosha qiling (video)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Amaldagi chempion "Yuventus" safarda "Sampdoriya"ga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida zafar quchdi. 19-daqiqada Paulo Dibala hisobni ochdi. 35-daqiqada Janluka Kapriari muvozanatni tikladi.

Birinchi bo‘lim so‘nggida Krishtianu Ronaldu tomonidan kiritilgan supergol yakunda "keksa sinora"ga 3 ochko keltirdi. Qayd etish joiz, bu vaziyatda portugaliyalik yulduz erdan 71 santimetr balandlikka ko‘tarilgan holda, 256 santimetr balandlikda boshi bilan raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!