Ronaldu: "38 yoshda jamoamga yordam berayotganimdan xursandman"

  • 22.10.2023 14:31
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Krishtianu Ronaldu "An-Nasr"dagi o‘yinlari haqida gapirdi. Portugaliyalik hujumchi "Damak"ka qarshi bahsda (2:1) jarima zarbasidan super gol kiritdi.

"Muxlislarimiz meni xursand qilishdi va men bunga javob berdim. Saudiya Arabistonida o‘ynash menga juda yoqadi. 38 yoshimda jamoaga yordam berayotganimdan xursandman", - deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi "O Jogo" nashri. 

Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida Krishtianu 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "An-Nasr" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!