Ronaldu A Seriyada Shevchenko va Ronaldo qilgan ishni qila olmadi

  • 20.10.2019 11:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha A Seriyaning 8-turidan o‘rin olgan “Bolonya”ga (2:1) qarshi o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Bu 34 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun A Seriyadagi 25-gol bo‘ldi. Ushbu natijani qayd etish uchun unga 38ta o‘yin kerak bo‘ldi.

Ta’kidlash kerakki, Italiya A Seriyasida eng tezkor 25 ta gol urish bo‘yicha Ronaldudan faqatgina 4 ta futbolchi  - Vinchentso Montella (31 match), Ronaldo (32), Diego Milito (33) va Andrey Shevchenko (33) kamroq o‘yin sarflagan.

Ma’lumot uchun, Ronaldu “Yuventus” sharafini 2018 yilning yozidan buyon himoya qilib kelmoqda. U hozircha turinliklar safida jami 51ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 32ta gol hamda 11 ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!