Ronaldu A Seriyadagi ayrim klublarning butun futbolchilaridan ko‘proq maosh oladi

  • 10 sentabr, 2019, 17:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari ro‘yhati e’lon qilindi.
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu barchadan eng ko‘p maosh oladi. U yiliga 31 mln evro ishlab topadi. Bu 4 ta klubning barcha futbolchilariga to‘laydigan maoshidan ko‘proq deganidur. SPAL va "Udineze" o‘z futbolchilariga 30 mln evrodan, "Breshiya" 28 mln va "verona" klubi 25 mln evro to‘laydi.

Ronaldudan tashqari, atigi 12 futbolchi yiliga 6 mln evrodan ko‘proq pul ishlaydi.

Portugaliyalik hujumchidan so‘ng, Matteys de Ligt 8 mln evro (4 mln evro qo‘shimcha bonus ham bor) maosh bilan ikkinchi pog‘onada turibdi.

Eng ko‘p maosh olish ko‘rsatkichi bo‘yicha tuzilgan ro‘yhatning top-13 taligida "Yuve"ning 10 ta futbolchisi joy olgan. "Inter" (Romelu Lukaku 7,5+1 mln), "Milan" (Janluiji Donnarumma 6 mln) va "Napoli" (Kalidu Kulibali 6 mln) klublaridan bittadan futbolchi yuqori o‘rinlarda qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!