
Ronaldu "Al-Ittihod"ga qarshi o‘yinda dubl qayd etib, yana Messini ortda qoldirdi
Saudiya chempionati doirasida bo‘lib o‘tgan "Al-Ittihod" - "An-Nasr" uchrashuvi 2:5 hisobida o‘z yakuniga etdi. Uchrashuvda Krishtianu Ronaldu ikkita penaltini golga aylantirdi va dubl muallifi bo‘ldi.
Shu tariqa, portugalning faoliyatidagi dubllari soni 157 taga etdi. Bu orqali u "Inter Mayami"dagi azaliy raqibi Lionel Messidan o‘zib ketdi.
Biroq Ronaldu bu ko‘rsatkichga erishish uchun argentinalik yulduzdan ko‘proq o‘yinda maydonga tushgan. Leo faoliyatidagi 15 foiz o‘yinda dubl qayd etishga muvaffaq bo‘lgan. Krishtianuda esa bu ko‘rsatkich 13,1 foizga teng.
Fikrlar