Ronaldу bir oʻyinda ikkita dahshatli rekord oʻrnatdi

  • 22.02.2026 06:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Saudiya Arabistoni Professional ligasining 23-turida “An-Nasr” futbolchilari o‘z maydonida “Al-Xazem” jamoasini qabul qilib, raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritdi.

Gollardan ikkitasiga mualliflik qilgan 41 yoshli Krishtianu Ronaldu ikkita tarixiy natija qayd etdi.

Portugaliyalik yulduz dubl evaziga faoliyati davomida urgan gollari sonini 963 taga yetkazdi va minglik marrani zabt etish uchun yana bir katta qadamni tashladi. Ronaldu jahon futboli tarixida rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p gol urgan o‘yinchi hisoblanadi. Uning har bir goli yangi rekord sifatida qayd etiladi.

Bundan tashqari, bu uchrashuvdagi dubldan so‘ng, Ronaldu 30 yoshdan keyin 500 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.  

Bu g‘alabadan keyin “An-Nasr” Saudiya Arabistoni chempionatida yana peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi. Krishtianu Ronaldu hali bu mamlakat futbolida biror bir nufuzli sovringa ega bo‘lmagan. Hozir esa, jamoada liga g‘olibiga aylanish imkoniyati bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!