Ronaldu bormi? Portugaliya terma jamoasining FIFA kunlari uchun qaydnomasi e’lon qilindi

  • 6 oktabr, 2023, 18:04
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oktyabr oyida Portugaliya terma jamoasi 2024-yilgi Evropa chempionati saralashida ikkita o‘yin o‘tkazadi. Dastavval Roberto Martines shogirdlari Slovakiya (13-oktyabr), keyin esa Bosniya va Gersegovina (16-oktyabr) bilan o‘ynaydi.

Martines ushbu bahslar uchun terma jamoaga chaqiruv olgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qildi. Ro‘yxatdan Saudiyaning “An-Nasr” klubi sharafini himoya qilayotgan yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu ham o‘rin olgan.

Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida jami 201 ta o‘yin o‘tkazgan. Ularda hujumchi 123 ta gol urgan va 44 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!