Ronaldu Buffonning ustidan kuldi(foto)
Bugun EChLning yangi mavsumi guruh bosqichi uchun qur’a tashlandi. Shuningdek, o‘tgan yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchilarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Ushbu marosimda boshlovchi Evropaning 2016/17 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar bilan biroz suxbatlashdi.
Boshlovchi Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida gapirar ekan 100 dan ortiq gol kiritganligini e’tirof etdi va portugaliyalik futbolchidan ulardan qaysi bir Ronaldu uchun sevimlisi bo‘lganligi haqida savol berdi.
32 yoshli futbolchi esa bunga javoban yonida o‘tirgan “Yuventus” darvozaboni Janluidji Buffonga qarab, “Bu qariyaga kiritilgani”, – deb aytib o‘tdi .
Buffon esa bu gapni tabassum bilan qarshi oldi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilgi mavsum EChL finalida “Yuventus” bilan bahsda Buffon darvozasini ikki bor ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan edi va jamoasining g‘alabasiga munosib xissasini qo‘shgan edi.



Fikrlar