Ronaldу chempionlik oʻyinidan oldin muxlislarga murojaat qildi
"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Pro-ligasi 32-turidan o‘rin olgan "Al-Hilol"ga qarshi muhim o‘yin oldidan muxlislarga murojaat qildi. Jamoalar bugun, 12 may kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi "Al-Avval Park" stadionida kuch sinashadi.
“Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz bizni har hafta ilhomlantirib keldi. Stadionda, uyda va butun dunyoda. Bu energiya biz bilan maydonda. Shunday qilaylikki, u o‘z mevasini bersin. Biz uchun. Siz uchun. "An-Nasr" uchun. Ko‘rishguncha!", - deb yozdi Ronaldu X ijtimoiy tarmog‘ida.
Chempionat yakuniga ikki tur qolganda va yuzma-yuz uchrashuv oldidan "An-Nasr" "Al-Hilol"ni besh ochkoga ortda qoldirib, turnir jadvalida birinchi o‘rinni egalab turibdi. Mag‘lubiyat “An-Nasr”ga qimmatga tushishi mumkin. Sababi raqibda zahirada qoldirilgan o‘yin qoladi. G‘alaba qozoangan taqdirda "An-Nasr" muddatidan oldin mamlakat chempioniga aylanadi.

Fikrlar