Ronaldu bundan buyon Tayger Vuds va Floyd Meyvezer bilan bir qatorda tilga olinadi. Chunki...

  • 02.04.2020 21:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi va Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida 1 mlrd dollar ishlab topgan tarixdagi uchinchi sportchi bo‘ldi. Bu haqda Business Insider nashri xabar bermoqda.

35 yoshli futbolchi bu borada AQShlik golf ustasi Tayger Vuds va bokschi Floyd Meyvezerdan so‘ng uchinchi bo‘ldi. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, Krishtianu futbolchilar orasida milliardlik dovonga etgan ilk o‘yinchiga aylandi.

Qayd etish lozimki, Ronaldu garchi koronavirus tufayli “Yuventus”dagi maoshi kamayganiga qaramay 2020 yilda ushbu natijani qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!