
Ronaldu Er yuzida hech bir inson uddalay olmagan ishni amalga oshirdi
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni 500 milliondan oshdi. Bleacher Report nashrining ma’lum qilishicha, hech bir inson shu paytgacha ijtimoiy tarmoqlarda bu qadar ko‘p obunachi to‘play olmagan.
Yaqindagina 36 yoshni qarshi olgan portugaliyalik futbolchi faoliyati davomida “Yuventus”dan tashqari “Real”, “Manchester Yunayted” va “Sporting” klublarida o‘ynagan. U joriy mavsum turinliklar safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 23 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar