Ronaldu faoliyatini qachon tugatishini aytdi

  • 17.05.2022 08:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted”ning 37 yoshli futbolchisi Krishtianu Ronaldu hali futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchi emas.

Portugaliyalik yulduz to‘ng‘ich o‘g‘li kenja-Krishtianu bilan birga bir jamoada o‘ynaganidan keyin futbolchilik estafetasini unga topshirib, keyin o‘zi nafaqaga ketishni rejalashtiryapti.

Jurnalist Frenk Xalidning aytishicha, Krishtianu Ronalda yozda 12 yoshga to‘ladigan o‘g‘lining professional darajaga chiqishi to‘rt-besh yil kutishga qaror qilgan.

Ronaldu darajasidagi futbolchi uchun 40 yoshda ham to‘p tepish muammo emas. Buni “Milan”da chempionlik uchun kurashayotgan Zlatan Ibrohimovich isbotlab berdi. 41 yoshli shved hujumchisi  hamon gol urishni uddalayapti.

Krishtianu esa o‘zining jismoniy holatini Zlatanga qaraganda yaxshiroq boshqara oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!