Ronaldu faoliyatini yakunlash arafasidami?

  • 2 iyun, 2021, 23:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Yuventus"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronalduning ko‘rsatayotgan samaradorligi haqida fikr bildirdi.

Tecno

“Men Krishtianu bilan juda yaxshi munosabatdaman, lekin boshqa jamoalarning futbolchilari haqida gapirishni yoqtirmayman. Bu menga to‘g‘ri kelmaydi. Uning "Yuventus" bilan shartnomasi bor.

U hali ham yaxshi va juda ko‘p gol urmoqda. Italiyalik jurnalist mendan Ronalduning faoliyati yakunlanish arafasida turibdimi deb so‘radi. Men unga shunday dedim: "Ha. U bu mavsum 30 ta gol urdi, garchi odatda 50 ta gol ursa ham. U sekinlashmoqda”.

Ronaldu 2013-2015 yillarda "Real" Anchelotti qo‘l ostida to‘p surgan. 36 yoshli Krishtianu yakunlangan mavsum A Seriyada 29 ta gol urdi va chempionat to‘purariga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!