
Ronaldu Frantsiyaning eng zo‘r to‘purarini “An-Nasr”ga olib kelyapti
Krishtianu Ronaldu “An-Nasr” bilan amaldagi shartnomasini yana ikki yilga uzaytirganidan keyin klub rahbariyatiga transferlarda yordam berib kelmoqda.
Portugaliyalik yulduz bu orqali tarkibni kuchaytirish va sovrin yutishni maqsad qilgan. Xususan, “Chelsi”dan Joau Feliksning Riyod klubiga kelishida ham Ronaldu asosiy rolni bajardi.
Marca nashrining xabarida Krishtianu Ronaldu “Marsel”da porlayotgan Meyson Grinvudni “A-Nasr”ga jalb qilish uchun faol harakat qilyapti.
2024 yilning yozida “Manchester Yunayted”dan ketgan 23 yoshli hujumchi Frantsiya chempionatidagi debyut mavsumida 34 ta uchrashuvda 22 ta gol urib, to‘purarlar poygasida g‘olib chiqdi.
Transferlar bo‘yicha ekspertlar “An-Nasr”ga Grinvudni olish qiyin bo‘lishini ta’kidlayapti. Chunki “Marsel” rahbariyati yana to‘rt yillik shartnomasi bor angliyalik futbolchini loyihaning asosiy figurasi sifatida belgilagan va tarkibni shunga moslab tuzmoqda.
Fikrlar