
Ronaldu futbol tarixida deyarli uddalab bo‘lmas natijani qayd etdi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha “Sassuolo”ga (1:3) qarshi bo‘lib o‘tgan mehmondagi o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, bu 36 yoshli portugaliyalik futbolchining turinliklar safida kiritgan yubiley 100-goli bo‘ldi. E’tiborlisi, Ronaldu dunyodagi turli 3 ta mamlakat klublari safida 100 tadan ortiq gol urgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.
Krishtianu shu kungacha "Real" safida 450 ta va "Manchester Yunayted" safida 118 ta gol urgan.
Ronaldu “Yuventus”ga 2018 yilning yozida 117 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 42 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 35 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar