Ronaldu futbol tarixida noyob rekord o‘rnatdi
Xabaringiz bor “Yuventus” kecha A Seriyaning 33-turida o‘z maydonida “Fiorentina”ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, muddatidan avval Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, turinliklar forvardi Krishtianu Ronaldu futbol tarixida ilk bor Angliya, Ispaniya va Italiya chempionatlarida oltin medallarni qo‘lga kiritgan ilk o‘yinchiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli portugaliyalik futbolchi faoliyati davomida shuningdek “Manchester Yunayted” va “Real” Madrid kabi jamoalarda to‘p surgan.

Fikrlar