Ronaldu futbolni “ostin-ustun” qilib tashlayapti

  • 02.11.2025 08:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronalduning 40 yoshida  ko‘rsatayotgan samaradorlik muxlisu mutaxassislarni hayratga solmoqda.

Mohir forvard Saudiya Arabistoni chempionatining ettinchi turida “Al-Feyha”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv qahramoniga aylandi. Riyod shahri mezbonlik qilgan bu bahsda hisobni ochish mehmonlarga nasib qildi.

Biroq birinchi bo‘limning o‘zida Ronaldu Kingsli Koman uzatgan to‘pni raqib darvozasiga joylab, hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuv hakami o‘yindagi to‘xtatalishlar o‘rnini qoplash uchun 15 daqiqadan ko‘proq vaqt qo‘shib berdi. O‘yin yakunlanishi arafasida “Al-Feyha” futbolchilari o‘z djarima maydonchasi ichida qoidani buzdi. Penaltini aniq bajargan Krishtianu jamoasiga g‘alaba keltirgan golni urdi.

Dubldan keyin Ronaldu faoliyati davomida rasmiy uchrashuvlarda kiritgan to‘plari sonini 952 taga etkazib, o‘zining rekordini yana yangiladi.

Jahon futbolini kuzatib borayotganlarning barchasi portugaliyalik hujumchi qachon minginchi golini urishini kutmoqda.

Krishtianu Ronaldu “An-Nasr”da 2023 yildan beri o‘ynamoqda. Hozirga qadar bu jamoa safida jami 115 ta o‘yin o‘tkazgan portugaliyalik futbolchi 102 ta gol va 21 ta assist muallifi bo‘ldi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!